K-TA'LIM K-TA'LIM

K-TA'LIM darsliklarining elektron shakli

Dong-Eun Akademiyasi ustozlari uchun yopiq platforma

1A va 1B

Halollik ustiga qurilgan darslik

Yurtimizda koreys tili uzoq yillar "서울대 한국어" darsliklari asosida o'qitib kelinadi, ammo ularning aksariyati mualliflik huquqisiz nusxalangan.

Birovning mehnatini o'zlashtirish qonunga ham, shariatga ham to'g'ri kelmaydi. Shu bois Dong-Eun Akademiyasi o'z darsligini yaratdi.

2A va 2B

Darslik va mashq daftari bitta kitobda

Student book va Workbook birlashtirildi: o'quvchining diqqati tarqalmaydi, intensiv guruhlar uchun ayniqsa qulay.

Har bir grammatik qoida o'zbek tilida batafsil sharhlangan, misollar tarjimasi bilan yonma-yon berilgan.

3A va 3B

Sinalgan izchillik, yangi mazmun

Grammatika ketma-ketligi "서울대 한국어" izchilligiga tayanadi, matn va mashqlar esa butunlay yangi, amaliy yondashuvda yozilgan.

Mualliflik huquqi davlat reestrida

«K-TA'LIM» koreys tili darsligi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasida mualliflik huquqi obyekti sifatida deponentlangan.

Guvohnoma raqami
№ 010577
Reestrga kiritilgan
2026-yil 23-iyul, Toshkent
Mualliflar
Maxmudov Akbarali Saydalijonovich, Ergashaliyev Sherzamin Erkinjon o'g'li

Darslikni ochish uchun tizimga kiring

Kitobni dars paytida ekranda oching, sahifa ustida ruchka va marker bilan tushuntiring — belgilaringiz saqlanib qoladi.

“Ilm — boylikdan afzal, chunki boylikni sen asraysan, ilm esa seni asraydi.”